
«Texnik maslahat markazi» — mahsulot bo'yicha ekspertlar liniyasi ishga tushdi
Uskunalarni qanday yig'ish, sozlash yoki saqlash kerakligini bilmayapsizmi? Endi bitta qo'ng'iroq yetarli — EPA mutaxassislari mahsulot bo'yicha savollaringizga javob beradi.
Uskunani to’g’ri ishlatish uning xizmat muddatini uzaytiradi. Shu maqsadda «Texnik maslahat markazi» — mahsulot bo’yicha ekspertlar liniyasini ishga tushirdik.
Ko’pincha uskuna nosozlikdan emas, noto’g’ri ishlatishdan ishdan chiqadi. Yangi mahsulotni qutidan chiqarib, darhol ishga tushirish tabiiy. Lekin qaysi rejimda ishlatish kerak, qanday parvarish talab qilinadi, mavsum oxirida qanday saqlanadi — bu savollarga javob ko’pincha muammo chiqqandan keyin izlanadi.
«Texnik maslahat markazi» ana shu holatning oldini olish uchun. Savol tug’ilganda qo’ng’iroq qiling — mutaxassis to’g’ridan-to’g’ri javob beradi.
Qanday masalalarda yordam beramiz
✔ Mahsulot imkoniyatlari va vazifalari — qaysi model ishingizga mos kelishi, texnik ko’rsatkichlar nimani anglatishi
✔ Yig’ish, sozlash va ishlatish — birinchi ishga tushirish, rejimlarni to’g’ri tanlash, xavfsizlik qoidalari
✔ Parvarishlash va saqlash qoidalari — tozalash, texnik ko’rik, mavsumdan tashqari saqlash
Bog’lanish
Raqamga qo’ng’iroq qiling va mahsulot nomini ayting — ekspert sizga to’g’ridan-to’g’ri javob beradi:
☎ Qo’ng’iroq qilish: +998 55 802-80-08