
«Chilla Qahramonlari» — yangi loyihamizni rasman boshladik
Chilla issig'ida ham ish maydonchasidan chiqmayotgan ustalar uchun yangi loyiha boshladik. Telegram botdan ro'yxatdan o'ting va ish joyingiz lokatsiyasini yuboring — jamoamiz o'zi yetib borib, sovg'ani qo'lingizga topshiradi.
Yozning eng issiq kunlarida ham ish to'xtamaydi. Shu mehnatni qadrlash uchun «Chilla Qahramonlari» yangi loyihamizni rasman boshladik.
Chillada shahar sekinlashadi. Odamlar soyaga chiqadi, ish tartibi o'zgaradi. Qurilish maydonchasida esa hammasi o'z holicha davom etadi: beton quyiladi, devor teriladi, plitka yotqiziladi, sim tortiladi.
Buni har kuni ustalar bajaradi. Ularning ishi ko'z o'ngimizda turadi — o'zlari esa ko'pincha e'tibordan chetda qoladi.
«Chilla Qahramonlari» ana shuni o'zgartirish uchun. Jamoamiz ustalarning ish joyiga borib, ularga sovg'a topshirishadi.
Qanday ishtirok etiladi
1. Telegram botga o'ting va qisqa anketani to'ldiring.
2. Siz ishlayotgan ob'ekt lokatsiyasini yuboring.
3. Jamoamiz o'sha manzilga borib, sovg'ani shaxsan topshiradi.
Kim ishtirok eta oladi
Loyiha ustalar uchun:
✔ Qurilish va ta'mirlash ustalari
✔ Usta jamoalari
✔ Elektrchi, payvandchi, plitkachi, duradgor, santexnik
✔ O'z ustaxonasida ishlaydigan hunarmandlar
Qisqasi — barcha Chilla qahramonlari uchun.
Ro'yxatdan o'tish
Ishtirok etish bepul. Quyidagi tugmani bosing va anketani to'ldiring:
Telegram botdan ro'yxatdan o'tish →
Loyiha yangiliklarini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring.