Kafolatlar va sertifikatlar

Kafolat majburiyatlari

Kafolat taloni mahsulot xaridorga topshirilayotgan paytda sotuvchi tomonidan to‘ldiriladi.
Xarid qilishdan oldin mahsulotning to‘liq jamlanmasini tekshirib oling.
Agar keyinchalik nosozlik aniqlansa, darhol EPA rasmiy servis markazlariga murojaat qilib, diagnostika va ta’mirlash ishlarini amalga oshiring.
Kafolat muddati davomida, rasmiy servis markazining diagnostikasi va xulosasiga asosan, ishlab chiqaruvchi aybi bilan yuzaga kelgan nosozliklar bepul bartaraf etiladi.

Kafolat kartasi

Kupon namunasiga qarang. Kafolat kartasi EPA vositasini sotib olishning barcha hududlarida amal qiladi.

Kafolat muddati

EPA mahsulotlari kafolat bilan ta’minlanadi.
Kafolat shartlari va muddati mahsulot turiga qarab farq qilishi mumkin.

Har bir mahsulot bo‘yicha aniq va rasmiy kafolat ma’lumotlari mahsulot bilan birga beriladigan foydalanish qo‘llanmasida keltirilgan.

Kafolatning haqiqiy emasligi holatlari
Kafolat kartasining yo'qligi, yaroqsizligi.
Noto'g'ri to'ldirilgan kafolat kartasi, muhr yo'q.
Kafolat muddati tugashi.
Mahsulotni ruxsatsiz ochish yoki boshqa ustalar tomonidan xizmat ko'rsatish.